Kasb tanlashda yo`l qo`yiladigan 5 xato

12:17, 12 oktabr

1.  «Bu sohada ishlashim shart emas…»
Insonning birinchi olgan ta`limi, hayotida muhim burilish yasaydi. Shuning uchun kasb tanlay turib, diplomni qo`lga olgach qaysi sohada faoliyat olib borishingiz haqida jiddiy o`ylab, so`ng bir qarorga keling. 

2.   «Obro`li kasb – eng zo`ri» 
Kelgusida shug`ullanishni rejalashtirayotgan ishingizni uning obro`siga, ommabopligiga emas, mamlakatning shu sohaga bo`lgan ehtiyojiga qarab tanlagan ma`qul. Tengqurlaringizning 80 foizi o`qigan yo`nalish 10-15 yildan keyin sizga daromad keltiradimi? Yoki kadrlar ko`pligidan ish topolmay eshikma-eshik yurishga to`g`ri kelarmikan? O`ylab ko`ring. 

3.   «Do`stim uchun»
 Bir qator yoshlar do`sti, dugonasi yoki ko`ngil qo`ygan insonidan ayrilmaslik uchun biror kollej yoki liseyda o`qishni istaydi. Yodingizda bo`lsin bu sizning emas, ularning tanlovi! Do`stingizga to`g`ri kelgan kasb sizga yoqmay qolishi mumkin. Qaror qabul qila turib, o`z qiziqish va ehtiyojlaringiz bilan hisoblashing. 

4.  «Bu kasb oson-da» 
Chiroyli tashqi ko`rinish, kelishga qaddi qomat bilan bir qarashda oson ko`ringan aktyorlik yoki teleboshlovchilik kasbini tanlashingiz mumkin. Ammo kasbning engili bo`lmaydi, har bir yutuqqa mashaqqatlar bilan erishiladi bu hayotda. Masalan, telejurnalist 2 daqiqalik ma`lumotni efirga uzatish uchun naqt 2 kun ter to`kib mehnat qilishi lozim. Siz bu jarayoni ko`rmaganingiz uchungina oson deb o`ylamang.  

5.  Yaxshi ko`rgan fanim kasbga asos bo`ladi
Masalan o`quv fanlaridan chet tillarini yaxshi ko`rasiz. Bu bilimingiz talab qilinadigan kasblar bisyor. Masalan, tarjimon, turizm mutaxassisi yoki tashqi ishlar mutaxassi bo`lishingiz mumkin. Ammo bu kasblarda chet tillaridan tashqari boshqa bilimlar ham talab etiladi. Birgina yo`nalish bilan chegaralanib qolmang.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!