“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos eng serdaromad germaniyalik futbolchiga aylanadi

12:35, 12 oktabr

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachi Toni Kroos eng serdaromad germaniyalik futbolchiga aylanadi.  Bu haqda Bild nashriga tayanib, “Sport-Ekspress” ma`lum qilmoqda.  

"Qirollik klubi" Kroos bilan amaldagi kelishuvini 2020 yilgacha uzaytiradi. Unga ko`ra, xavbekning yillik maoshi 20 million evro qilib belgilanadi va u futbol tarixidagi eng ko`p maosh oluvchi germaniyalikka aylanadi.

Hozirda u yiliga 10,9 million evro oladi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda eng ko`p maosh oluvchi germaniyalik futbolchi “Bavariya”da to`p surayotgan Tomas Myuller sanaladi. Uning yillik maoshi 15 million evroga teng. “MYu” yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerning yillik maoshi 14 million bo`lsa, “Manchester Siti” a`zosi Ilkay Gyundogan 12 million oladi.  

Eslatib o`tamiz, Kroos 2014 yili “Bavariya”dan 30 million evro evaziga “Real”ga kelib qo`shilgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!