Qovoqdan pirog - mavsumning haqiqiy yangiligi!

14:14, 12 oktabr

Zarur masalliqlar: xamiriga: 350 gr. un, tuz, 120 gr. sariyog`, 1 dona tuxum sarig`i, tuz; ustiga solishga: 1 kg. qovoq, 200 ml. qaymoq, 120 shakar, 3 dona tuxum, yong`oq, dolchin, qalampirmunchoq kukuni.

Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan sariyog`ni maydalab un va tuz bilan aralashtiring. Tuxum sarig`ini solib, 1 osh qoshiq suv qo`shing-da, xamir tayyorlang. Zuvalani sellofanga o`rab, 1 soatga muzlatkichga qo`ying.

2. Xamirni aylana shaklda, qolipingizga moslab yoying. Bir-ikkita joyiga sanchqi sanchib, yana sellofanga o`rang-da, 20 daqiqaga muzlatkichga qo`ying. So`ngra ustiga quruq loviya solib, 15 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Keyin loviya donalarini olib tashlaysiz.

3. Qovoqni po`stidan tozalab, katta bo`laklarga bo`ling-da, zar qog`ozga o`rab, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. So`ngra maydalab, yaxshilab ezing.

4. Tuxumni ko`pirtirib, shakar va qaymoq qo`shing-da, ko`pirtirishda davom eting. Qovoq bilan aralashtirib, dolchin va qalampirmunchoq qo`shib, pirog ustiga soling. Maydalangan yong`oqni pirog yuziga joylab, 35 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

6 kishilik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!