“Barselona” o`z himoyachisidan voz kechishga tayyor

14:53, 12 oktabr

“Barselona” jamoasi himoyachisi Aleysh Vidal o`ziga yangi klub izlash bilan ovora. Bu haqda Ispaniyaning sport.es portali xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi klub rahbariyatining ishonchini qozona olmadi va doimo zaxirada o`tirmoqda. Murabbiylar shtabi uning o`rniga yangi futbolchi izlamoqda. Katta ehtimol bilan Aleysh Vidal “Barselona”ni qishki transfer mavsumida tark etadi.

Ma`lumot uchun, kataloniyaliklar 2015 yilning yozida himoyachini “Sevilya”dan 18 mln evro evaziga sotib olgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!