Yaponcha salat - bulg`or qalampiri va pishloqdan...

15:16, 12 oktabr

Zarur masalliqlar: 150 gr.  pishloq yoki brinza, 3 ta bulg`or qalampiri, 4 osh qoshiq zaytun yog`i, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, yarimta limon sharbati va po`sti, shivit, petrushka, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Bulg`or qalampirlarini ikkiga bo`lib, urug`laridan tozalang. 2 osh qoshiq zaytun yog`i surting-da, tovaga solib, gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiring. Biroz sovigach, po`stini olib tashlang, uzunasiga o`rtacha kattalikda to`g`rang.

2. Sarimsoqpiyozni ezing, ko`katlarni maydalang. Pishloq yoki brinzani kattaroq qilib to`rtburchak shaklda to`g`rang.

3. Bulg`or qalampiriga tuz, murch sepib, ko`katlar va sarimsoqpiyoz bilan aralashtiring. Limon sharbati va zaytun yog`i ham qo`shing. Oxirida pishloq yoki brinzani solib, yaxshilab aralashtiring.

Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa.

4 kishilik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!