Tufliga qarab, fe`lingizni aytamiz!

15:18, 12 oktabr

Baland posha

Baland poshnali oyoq kiyimlarga ixtiyor beruvchi xonimlar o`zlarini haqiqy xonimdek his etishni istashar ekan. Bu o`ziga bo`lgan ishonchning yuqori emasligidan ham so`zlashi mumkin. Ammo yana bir toifa borki, ularga kompleks degan ibora yot, betakrorliklariga ishonadalar va buni barcha tan olishini istashadi. Qoliplardan qo`rqishadi.

«Shpilka»

O`ziga ishongan ayollarning tanlovi. Sizni dilbarlik bilan tushunishadi, tez til topishishadi, begonalar davrasida ham o`zini bemalol tuta oladi.

Ham poshanli, ham platformali

O`z go`zalligi va omadiga ishongan qizlar ana shunday oyoq kiyimlarni kiyishni yoqtirisharkan. Ular qa`tiyatlidirlar. To`g`ri, ba`zida o`ylamay qadam bosishadi.

Platforma

Romantik va tajribali ayollarning tuflilari ayni shu shaklda. Ular boshqalarga ko`mak berishni yoqtirishadi va beg`araz yordamlarini ayashmaydi.

Poshnasiz

Xotirjam va juda xushmuomala ayollarimiz poshnasiz oyoq kiyimlarni tanlasharkan. Ular qiyin vaziyatlardan osonlik bilan chiqishadi. Dugonalar ko`p bo`ladi. Chunki sir saqlashni bilishadi-da. 

Past poshna

Kuchlilarning tanlovi. Ular doim nima istayotganini bilishadi. Ammo past poshnali tufli kiyadiganlarlar bir qismi, tez charchab qoluvchi va tushkunlikka moyillardir.

Sport poyabzali

O`zlarining qulayliklarini birinchi o`ringa qo`yishadi. Qanaqa istasa, shunaqa yashash kerak deydiganlardan. Ular bilan aloqa o`rnatish oson. Sababi juda hazilkash. Bittas salbiyroq tomoni, o`zgarishlardan qo`rqishadi.

Qadah shaklli

Tanqidga yo`q, turli mavzularda suhbatlashishni yoqtiradigan, istaklari yo`lida jur`atli ayollarning ishqi aynan shu shakl tuflilarga tushgan. Tejamkorliklari tahsinga loyiq. Har doim ruhan xotirjamlikni istashadi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!