Kayfiyatga ta`sir qiluvchi iforlar

15:28, 12 oktabr

Yasmin hidi depressiyadan xalos etadi. Ushbu ifor e`tiboringizni o`ziga tortib, yomon o`y-xayollardan qutilishingizga yordam beradi.

Yalpiz diqqatni oshiradi. Nafas olish yo`llarini tozalab, tetiklik bag`ishlaydi va aqliy salohiyatingizni yanada faollashtiradi.

Dolchin aqlni charxlaydi. Bir qancha olimlarning aniqlashicha, dolchin hidi ko`rish qobiliyati va xotira uchun koni foyda bo`lib, aqliy ish faoliyati bilan shug`ullanuvchilarga ayni muddao ekan.

Vanilin kayfiyatni chog`laydi. Hayotimiz yanada shirin bo`lishi, fe`l-atvorimiz esa yaxshilanishiga ta`sir o`tkazadi. Chunki hidi kishiga o`zgacha kayfiyat baxsh etadi.

Olma bosh og`rig`idan xalos etadi. Ayniqsa, sizni migren qiynasa, ushbu mevadan to`yib-to`yib hidlang. Yon-atrofingizda yangi uzilgan olmalarni terib qo`yish siz uchun koni foyda.   

Lavanda uyquga elitadi. Ha, qattiq charchoqni his qilsangiz-da, uxlashga qiynalsangiz, yoki muammolar ko`zingiz yumishga yo`l qo`ymasa, lavanda yog`idan tanangizga surting yoki iforidan hidlang. Tinch orom olasiz.

Sitrus mevalar hidi tektishlashtiradi. Ertalab uyqudan uyg`onishni istamasangiz, istalagna sitrus mevasini hidlang. Kun davomida bu ifor sizga yo`ldosh bo`lsa, charchoqni his qilmaysiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!