40 yoshdan keyin ona bo`lgan aktrisalar

09:56, 13 oktabr

Xosiyat Xusanova

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Xosiyat Xusanova ikkinchi bor 47 yoshida ona bo`ldi, aktrisaning katta qizi 19 yoshda.

Monika Belluchchi

Monika Belluchchi  katta qizi - Devani 39 yoshida, ikkinchisini esa 45 yoshida dunyoga keltirgan. 

Xolli Berri

Xolli katta qizi – Nalu Arielu Obrini 42 yoshida, 47 yoshida esa o`g`li – Maseo-Robertoni tuqqan. Aktrisa yoshi katta bo`lishiga qaramay homiladorlik davrida o`zini juda ham yaxshi his qilganini aytdi.

 

Nikol Kidman

Nikol Kidman juda uzoq davolanishlardan so`ng,  kutilmaganda homilador bo`lib qolgan. Birinchi farzandini aktrisa 2008 yilda 40 yoshida tuqqan. 2012 yilda ikkinchi farzandiga surrogat ona yollagan.

 

Salma Xayek

Salma 41 yoshida onalik baxtiga muyassar bo`lgan. 2007 yilda aktrisaning va fransuz biznesmenining qizi – Paloma Pino tug`ildi. Aktrisa homiladorlik davri juda ham og`ir kechganini, hatto vazni 23 kg.ga og`irlashganini aytdi. Hozir aktrisa juda ham baxtiyorligini, oldingi qomatini ham tiklab olganini ta`kidlab o`tdi.

 

Merayya Keri

Merayya 41 yoshida egizaklarni dunyoga keltirdi. O`g`lini ismini Marokkan, qiziga esa Monro deb ism qo`yishdi.

 

Selin Dion

Selinning birinchi homiladorligi juda ham yaxshi kechgan. Lekin ikkinchi homiladorligi og`ir va uzoq kechgan. Nihoyat aktrisa 42 yoshida egizaklariga homilador bo`lib, dunyoga keltirgan.

 

Uma Turman

Uma Turman uchinchi farzandini 42 yoshida tuqqan va qiziga juda ham uzun ism qo`ydi: Rozalind Arushu Arkadinu Altalun Florens Turman-Byusson.

 

Julianna Mur

Julianna birinchi 37 yoshida farzandli bo`ldi, ikkinchi bor esa 42 yoshida. 

 

Gven Stefani

Gven 43 yoshida uchinchi bor onalik baxtiga musharraf bo`ldi. Uchinchi farzandi ham o`g`il tug`ildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!