Tramp 10 yoshar qizga 10 yildan keyin u bilan uchrashishi haqidagi va`dasi aks etgan video paydo bo`ldi

10:00, 13 oktabr

Amerikaning CBS telekanali AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning 20 yil avval 10 yoshli qiz bilan uchrashib yurishini va`da qilgan videosini namoyish etdi.

Videoda Entertainment Tonight dasturining Rojdestvo bayramidagi sonida biznesmen bir guruh qizlar bilan to`qnashib ketadi. Ulardan biriga Tramp: “Men bu qiz bilan o`n yildan keyin uchrashaman. Ishonasizmi shunga?” deya ma`lum qiladi.

Avvalroq Amerika matbuotida Tramp ayollarga shilqimlik qilgani ma`lum qilingan qideo paydo bo`lgandi.

Juma kuni Tramp “yulduz” bo`lgani sababli ayollarga istagancha shilqimlik qilishini ma`lum qilgani aks etgan video paydo bo`ldi shundan so`ng bir qator respublikachilar Trampni prezidentlikdan nomzodini olishga chaqirishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!