Kayfiyat siri — ranglarda ekan!

10:11, 13 oktabr

Ranglar terapiyasi stressni quvib solishda katta yordam beradi. Faqat ularning tilini tushunib olsangiz bo`lgani!

Sariq rang quvnoqlik va quvonch bag`ishlaydi

Quvnoq, faol insonlar odatda shu rangni tanlashadi. Sariq rang ma`lumotni tez o`zlashtirib olishda yordam beradi, aqlni charxlaydi.

Maslahat. O`ta tortinchoqmisiz? Atrofingizda sariq rangli buyumlarni ko`paytiring: ruchka, soyabon, kompyuter sichqonchasi… Ular o`zingizga bo`lgan ishonchni oshirishda yordam beradi.

Pushti rang ayollik nazokati beradi

Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, pushti rang depressiya va stressdan qutulish va muammolar haqida unutishda yordam beradi. Biroq bu rangni juda ehtiyotkorlik bilan qo`llagan ma`qul.

Maslahat. Himoyasiz va kuchsiz ko`rinishni istasangiz, pushti rangli kiyim kiying. Xizmat yuzasidan uchrashuvlarga esa bu rangda kiyinish umuman tavsiya etilmaydi.

Ko`k rang shinamlik hissini beradi

Aytishlaricha, ko`k rang diqqatni jamlash va mulohazaga moyillikni oshirishda yordam beradi. Aynan shuning uchun dizaynerlar maktab sinfxonalari va uyda o`smirlar xonasini moviy ranga bo`yashni tavsiya etishadi. Darvoqe, ko`k rang fikrlash jarayonini kuchaytiradi, depressiyadan qutulishda samarali yordam beradi. Bu rang ruhiy iztirobni barataraf etishda foydali.

Maslahat. Bu rang juda ko`payib ketsa, charchoq va depressiya chaqiradi.

Binafsharang intuisiyani kuchaytiradi

Bu rang qizil va moviyni o`zida mujassamlashtirgani evaziga insonga ishonch bag`ishlaydi. Agar biror muhim uchrashuvga borayotib, garderobingizni shu rangdagi aksessuarlar bilan mukammallashtirsangiz, hammaning e`tibori sizda bo`lishi kafolatlanadi. Binafsharang insonlarni o`ziga tortadi va hatto ularni maftun qiladi.

Maslahat. Shamollashga moyilmisiz? Qishda binafsharang sharf o`rab yuring. Shu trazda immunitetingizni quvvatlab turasiz.

Qizil rang siqilish va jur`atsizlikdan xalos etadi!

Bu rang optimistik ta`sir kuchiga ega. U quvvat va g`ayrat bag`ishlab, harakatga undaydi. Agar o`zingizda lohaslik his qilsangiz, bajarishingiz shart bo`lgan ishni qilishga xafsalangiz bo`lmasa, stolingizga qizil rangli buyum qo`ying. Va vaqti-vaqti bilan unga qarab, quvvat olib turing.

Maslahat. Atrofingizda qizil rang juda ko`p ham bo`lmasin. Bu agressiya, jizzakilikni chaqiradi va diqqatni jamlashga xalaqit beradi.

Yashil rang tinchlantiradi va tuyg`ularni sovutadi

Ruhshunoslar fikricha, yashil rang qaror qabul qilish belgisi sanaladi. Agar nimagadir ikkilansangiz, ko`zlaringizni yuming va yam-yashil, qalin o`tloqli dalani ko`z oldingizga keltiring. Bor e`tiboringizni shu manzaraga jamlang. Bu fikrlarni tartibga keltiradi va bir qarorga kelishni osonlashtiradi.

Maslahat. Yashil rang klaustrofobiya, ya`ni yopiq makondan qo`rqishda yordam beradi. Bu rang devorlarni «surib», xonani «kattalashtirish» kuchiga ega.

To`q sariq rang o`zingizga bo`lgan ishonchni orttiradi

Agar hozir hayotingizda murkkab davrni boshdan kechirayotgan bo`lsangiz, to`q sariq rang yordam beradi. U oldinga intilish va umidsizlikka tushmaslikka turtki beradi. Turli fobiyalari bo`lganlarga ham to`q sariq rangli kiyim kiyish yoki shu rangdagi aksessuarlarni taqib yurish tavsiya etiladi. Natijada miyaga o`rnashi qolgan qo`rquvni engish mumkin.

Maslahat. To`q sariq rang ishtahani qitiqlaydi. Semirmoqchimisiz? Mandarin rangidagi idish sotib oling. Ham vazn orttirasiz, ham ertalabdan yaxshi kayfiyatda bo`lasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!