Suyaklaringiz mustahkammi? Tekshirib ko`ring!

11:04, 13 oktabr

Suyaklaringiz o`ziga nihoyatda kerakli bo`lgan kalsiydan judo bo`lmayaptimi, osteoporoz sizga xavf solmayaptimi? Quyidagi test savollariga javob berib, buni aniqlashingiz mumkin.

  • Qaddi-qomatingiz juda nozik — 1 ball.
  • Tabiatan oqbadan va mallasochsiz — 1 ball.
  • Yaqinlaringiz osteoporozdan aziyat chekishadi — 3 ball.
  • Sport bilan muntazam shug`ullanasiz — 1 ball.
  • Doim jismoniy zo`riqish talab qiladigan ishlarni bajarasiz — 2 ball.
  • Spirtli ichimliklar iste`mol qilib turasiz — 1 ball.
  • Tez-tez achchiq qahva ichib turasiz — 1 ball.
  • Gazli ichimliklarni yaxshi ko`rasiz — 1 ball.
  • Tvorogli mahsulotlarni xush ko`rmaysiz (yoki shunchaki emaysiz)1 ball.
  • Tuzli emaklarga toqat qilolmaysiz — 1 ball.
  • Parhez tutishga bir necha bor uringansiz — 1 ball.
  • Chekasiz — 1 ball.
  • Kamharakat hayot tarzi kechirasiz — 1 ball.
  • Uzoq vaqt davomida glyukokortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) qabul qilgansiz — 5 ball.
  • Sizda qalqonsimon bez faoliyati yuqori — 1 ball.
  • Birinchi hayzni 17 yoshdan so`ng ko`rgansiz — 1 ball.
  • So`nggi yillarda bo`yingiz biroz pasayganini his qilayapsiz (3 sm.dan ko`proq) 1 ball.
  • Sizda allaqachon klimaks boshlangan — 1 ball.
  • So`nggi marta oy ko`rganingizga:
    • 6-12 oy — 1 ball.
    • 2 yil — 2 ball.
    • 3-5 yil — 3 ball.
    • 6-10 yil — 4 ball.
    • 10 yildan ko`proq vaqt bo`lgan — 5 ball.

Inkor javoblarga ball hisoblanmaydi.

Natijalar

0 dan 5 gacha: xursand bo`lishingiz mumkin, osteoporoz xavfi uncha katta emas. Sog`lom turmush tarzi kechiring, to`g`ri ovqatlaning. Taomnomangizga tvorogli, sutli mahsulotlarni kiriting. Kunjut urug`i ham kalsiyga juda boy.

6 dan 10 ballgacha: suyaklar tizimingizga alohida e`tibor qaratishingizga to`g`ri keladi. Jismoniy faollikni oshiring, ammo me`yorni unutmang. Taomnomangizda kalsiyga boy mahsulotlarni ko`paytirishga harakat qiling. Kalsiy yaxshi o`zlashtirilishi uchun D vitamini qabul qilish va toza havoda ko`proq bo`lish lozim. Sizga dori ko`rinishidagi kalsiy ham yordam berishi mumkin.

11 balldan yuqori: organizmingizda kalsiy etishmovchiligi yaqqol sezilib turibdi. Suyaklar o`ta nozikligi hamda sinuvchanligining oldini olish uchun darhol travmatolog-ortopedga murojaat qiling va davolanish kursini o`tkazing.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!