Rayhonning kadr ortidagi g`alati xatti-harakatlari muxlislarning keskin tanqidlariga sabab bo`ldi(Video)

11:22, 13 oktabr

Xonanda Rayhon telekanallardan birida boshlovchilik qilayotganidan xabaringiz bor. Kuni kecha xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ko`rsatuv suratga olish jarayoni aks ettirilgan video joyladi. Mazkur videoda Rayhon o`zbek tilidagi bir-ikki jumlani to`g`ri talaffuz qilolmagani, natijada esa kulguli vaziyat yuzaga kelganini ko`rish mumkin. Aslida xazil tariqasida amalga oshirilgan mazkur xatti-harakatlar xonandaning muxlislari tomonidan keskin tanqidlarga uchradi. Rayhonni kuzatib borayotgan internet foydalanuvchilari ikki guruhga bo`linib, videoni muhokama qila boshladi. Ularning bir guruhi mazkur rolikda xonandaning harakatlari o`ziga yarashganini aytsa, boshqalar uni keskin qoralamoqda. 

“Bu nimasi? O`zbek tiliga bo`lgan behurmatlikku!”, deb yozadi foydalanuvchilardan biri. 

“Sharmanda, qariyb 40 yoshdasiz. Haliyam o`zbek tilida tuzukroq gaplashishni bilmaysiz” ,—deydi xafsalasi pir bo`lgan muxlis.

Xonandaning o`zi bu kabi tanqidlarga quyidagicha javob berdi: 

“Ba`zan shunday qo`pol izohlarga duch kelaman va hayron qolaman. Inson qay darajada boshqa bir tanimagan insonidan bu darajada nafratlanishi mumkin? Nahotki, tushunmasangiz, hammasi o`zingizga qaytadiku? Menga emas, sizga. Mendan esa faqat gunohlarimni olasiz. Buning uchun sizlardan minnatdorman. Sizga, mendan nafratlanuvchilarga baxt va muhabbat tilayman! Sizning har biringizni hurmat qilaman va chin dilimdan sevaman!”

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!