Baliq yanada xushta`m bo`lishi uchun...

12:29, 13 oktabr
  • Qovurishdan 15-20 daqiqa oldin baliq yuzasiga ozroq limon sharbatidan sepib olsangiz, ta`mi yanada xushxo`r bo`ladi.
  • Agar baliq marinadlashda konservalangan bodring suvidan foydalaning.  Ortiqcha tuzlab o`tirmaysiz.
  • Sho`rva tayyorlayotganda baliqni qaynab turgan suvga solish lozim. Shunda ko`rinishini yo`qotmaydi.
  • Kichik ko`rinishdagi baliq yuzasidan bir-ikkita kesim hosil qilib, so`ng qovursangiz, bo`linib ketmaydi.
  • Yirik baliqlarni bo`laklarga ajratishdan oldin 10 daqiqa sovuq suvda ushlab turing. Shunda oson ajraladi.
  • Baliq yog`da qizarib pishishi uchun qovurishdan oldin sochiq yoki qog`oz salfetkaga artib olish lozim.
  • Yog`li baliqni nordon ta`mli sous bilan tortiq qilgan ma`qul. Masalan, limon sharbati qo`shilgan sous.
  • Baliqdan tayyorlangan taomlarni bodring, pomidor, barra ko`katlar va limon bo`lagi bilan bezatgan ma`qul.
  • Agar marinadlash chog`i baliq juda sho`r bo`lib ketsa, xatoni to`g`irlash uchun quyidagi usulni sinab ko`ring. Avval baliqni sovuq suvda chaying. So`ng un va tuxum atalasiga bilab, yoqqa solasiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!