Siz qon guruhingizni ayting, biz fe`lingizdan xabar beramiz!

13:20, 13 oktabr

I guruh

Har qanday jamoada ham tezda o`z o`rnini topib, hatto yo`lboshchi bo`lishni ham oson uddalashadi. “Keldim, ko`rdim, egalladim” aynan ular haqida aytilgan bo`lsa ajabmas. Tahlikali vaziyatlarda o`zini qo`lga olish qobiliyatlari juda qo`l keladi. Shu tufayli ko`pchilikda yaxshi taassurot qoldira oladilar. Sportning ekstrimal turlarini jonu dilidan sevishadi. Agar qon guruhingiz I guruh salbiy bo`lsa-chi? Jizzakilik, qattiqqo`llik va ta`sirchanlik sizga xos xususiyat. I qon guruhi sohibalari istalgan boshqa guruh sohiblari bilan turmush qursalar, baxtli hayot kechira oladilar. Ammo I va II qon guruhiga ega inson bilan hayotini bog`lasalar nur ustiga a`lo nur.

II guruh

Odatda ular og`ir, vazmin, sabrli va tinchliksevar bo`ladilar. Atrofdagilar bilan til topishishda ularning oldiga tushadigan kamdan kam topiladi. Tejamkorlik va ehtiyotkorlik ham ularning maqtovga sazovor fazilatlaridan sanaladi. Buning natijasi o`laroq ro`zg`orda ham epli ayol degan maqtovlarga sazovor bo`ladilar. Garchi tinchlik va xotirjamlikni tusasalarda, bir muddat tin olib, chinakkamiga dam olishni bilishmaydi. O`zgalarning muammolarini ham yuraklariga yaqin olganliklari tufayli yurak xastaliklaridan aziyat chekishadi. II-salbiy qon guruhi sohibalari  esa haddan ortiq to`g`riso`z, qaysar bo`lish bilan birga, muloqotga kirishni va o`zgarishlarni yoqtirmasliklari bilan ajralib turishadi. Odatda bu qon guruhiga mansub kishilar IV-guruhdagi qarama-qarshi jins vakillari bilan yaxshi chiqisha olishmaydi. Qolganlari bilan esa tinch-totuv hayot kechirishlari oson bo`ladi.

III guruh

Ijodiy qobiliyatga ega, yangilik yaratishga ishtiyoqmand kishilarning asosiy qismi mana shu qon guruhi vakillaridan iborat bo`ladi. Bir xillikka umuman toqat qila olishmaydi, shu sababli “Harakatda – barakat!” degan so`zlarni o`zlariga shior sifatida tanlashadi. Garchi turmush qiyinchiliklari iztirobga solsa-da, ular o`zligiga sodiq qolgan qoladi, boshini baland ko`tarib yurishga intiladilar. III-salbiy qon guruhi sohibalari esa o`zgaruvchanliklari, romantika shaydosi ekanligiyu, ozuga beriluvchanliklari bilan ajralib turishadi. Ular I va IV qon guruhi sohiblari bilan yaxshi til topishadilar.

IV guruh

Ular yuqoridagi har uch guruhning eng yaxshi sifatlarini o`zlarida jamlay olgan kishilardir. Ayniqsa uzoq muddatli  rejalar tuzish, strategiya ishlab chiqish borasida iqtidorlari mansab pillapoyalaridan oson ko`tarilishlariga yordam beradi. Yurak va aql o`rtasidagi doimiy kurash hissi ham ularga begona emas. Balki shuning uchun ham ba`zan ikkilanish va jur`atsizliklar tuzog`idan chiqishlari qiyin kechadi. Ular IV va I guruh vakillari bilan xavas qilarli juftlik hosil qila oladilar. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!