Toshkentdan Andijonga yangi tezyurar poezd harakati yo`lga qo`yildi

14:27, 13 oktabr

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ yo`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishi bo`yicha har kuni yangi 62/61 sonli tezyurar poezdi ishga tushirilgani haqida e`lon qildi.

Poezdning Toshkentdan ketish vaqti soat 16-30da va Andijonga soat 22-30ga etib boradi. Andijondan soat 06-00da jo`nab ketadi va Toshkentga soat 12-10ga etib keladi.

Shu sababli 18 oktyabrdan Andijon-Buxoro-Andijon yo`nalishidagi 392/391 sonli poezdining, shuningdek Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishidagi 92/91 sonli poezdining xarakatlanish jadvalida o`zgarishlar e`lon qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!