“Barselona” Luis Suares va yana ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytiradi

14:37, 13 oktabr

“Barselona” jamoasi rahbariyati hujumchi Luis Suares, yarim himoyachi Ivan Rakitich va darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomalarni uzaytirish istagini bildirdi. Bu haqda ESPN FC xabar bermoqda.

Manbaning ta`kidlashicha, uchala futbolchining kelishuvi 2019 yilda o`z yakuniga etadi. Yuqorida ismi keltirilgan futbolchilarning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha uzaytiriladi.

Avvalroq Suares Neymar singari yiliga 15 million evro maosh olish istagi bor ekanini aytgandi.  Neymarning kataloniyaliklar bilan kelishuviga ko`ra yillik maoshi 15 million evroga teng.

“Barselona”da eng ko`p maoshni Lionel Messi oladi. Uning yillik daromadi qariyb 30 million evroni tashkil etadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!