Lab bo`yog`i haqida 4 afsona va haqiqat!

15:12, 13 oktabr
  • 1. Shaftoli rang lab bo`yog`i tishlarni sarg`ish ko`rsatadi!

Noto`g`ri! Agar tish emali sarg`imtir bo`lsa, lab bo`yog`ingiz qizilmi, pushtimi farqi yo`q, muammoni yashrib bo`lmaydi.

  • 2. Kontur qalami bo`yoq yoyilib ketmasligini oldini oladi

Noto`g`ri! Kontur qalami lab ko`rinishini tartibga keltiradi. Ammo bo`yoq surtilib ketishidan himoyalamaydi. Lab ko`rinishiga urg`u berishni istasangiz, kontur qalamining ochroq ranglaridan tanlang.

  • 3. Lab va tirnoq rangi bir-biriga mos bo`lishi kerak!

Allaqachon urfdan qolgan! Hozir turli rang bo`yoqlarini bir-biriga moslash ommalashgan. Masalan, qizil lab bo`yog`i surtsangiz, tirnoqlaringizni pushti yoki marjon ranglarga bo`yashingiz mumkin.

  • 4. Tez tarqamaydigan bo`yoq labni quritadi!

Zamonaviy texnika ishlanmalari bu qoidani rad etishadi. Bugun chidamli rangga ega lab bo`yoqlari tarkibiga turli xil moylar qo`shilgan bo`lib, ular lab terisini oziqlantirib, kimyoviy vositalar ta`siridan himoya qiladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!