Biskvit tayyorlashning 6 oltin qoidasi

15:22, 13 oktabr

1.    Biskvit yaxshi ko`tarilishi tuxumning oqi solingan idishni sovuq suv solingan kattaroq idishga solib ko`piring. Sarig`i esa iliq suv solingan idishda aralashtiring.

2.    Yana bir muhim qoida! Tuxumlarni zinhor alyumin idishda ko`pirtirmang, bunda xamirning rangi o`zgarishi mumkin. Agar uni barcha qoidalarga rioya qilgan holda tayyorlasangiz, xamiryumshatgich qo`shmasangiz ham bo`ladi.

3.    Biskvit xamirini qolipga solayotganingizda, idish to`lib ketmasligiga, yarmidan sal oshishiga ahamiyat bering. Xamir ko`tarilganda toshib ketmasin.

4.    Gaz pechini 180-200 gr. da qizdiring, undan past olovda hamir bo`kib qoladi, balandida esa tagi kuyib, ichi pishmay qolishi mumkin.

5.    Yog`och tayoqcha yordamida uning pishgan, pishmaganligini aniqlash mumkin. Buning uchun tayoqchani korjga tiqib ko`rasiz. Agar tayoqcha quruq chiqsa, demak biskvit tayyor.

6.    Biskvit pishganidan so`ng soviguncha qolipdan ola ko`rmang. Qolip atrofini nam sochiqqa o`rab qo`ysangiz, oson ajraladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!