Xitoyda mamlakatning eng badavlat fuqarolari ro`yxati tuzildi

15:37, 13 oktabr

Xitoydagi eng badavlat fuqaro Dalian Wanda Group rahbari, 62 yoshli Van Szyanlin deb topildi. Uning bugungi kundagi daromadi $32,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Xitoyning eng badavlat kishilari reytingini Hurun Research Institute tadqiqot tashkiloti tuzib chiqdi. 

2013-2015  yillarda ham Van Szyanlin Xitoyning eng badavlat fuqarosi deb topilgan edi. 

2013-yilda uning boyligi 22 milliard AQSh dollariga baholangan edi. 

Badavlat fuqarolar reytingidagi ikkinchi o`rinni yirik internet kompaniya Alibaba Group`ning rahbari Jek Ma o`rin oldi. Uning daromadi 30,6 milliard dollar deya baholadi. 

Uchinchi o`rinni esa $24,6 mlrd dollar boyligi bilan Tencent Ma Xuaten kompaniyasi asoschisi egalladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, butun dunyoda 754 nafar xitoylik milliarderlar bo`lib, ulardan 594 nafari Xitoyda,94 Makaoda, Ganngkong va Tayvanda, 66 nafari boshqa davlatlarda istiqomat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!