BMT so`nggi 20 yilda bo`lib o`tgan halokatli ofatlarni sanab o`tdi

16:51, 13 oktabr

BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo`yicha byurosi (UNISDR) hamda Belgiyaning epidemiologik halokatlarni tadqiq qilish markazi (CRED) hisobotiga ko`ra, 1996 dan 2015 yilgacha butun dunyoda tabiiy ofatlardan 1,35 mln kishi halok bo`lgan.

Tadqiqotlar doirasida aniqlanishicha, so`nggi 20 yilda tabiiy ofat qurbonlarining yarmidan ko`pi zilzila oqibatida halok bo`lgan. Eng halokatli tabiiy ofat bu 2010 yil Gaitida sodir bo`lgan zilzila bo`lib, unda 229 699 kishi halok bo`ldi. Shuningdek ilk uchtalikka 2004 yil Indoneziyadagi zilzila va sunami (182 136 qurbon)hamda 2008 yil Myanmada bo`lgan tropik Nargis sikloni (139 515) kiritilgan. 2010 yilning yozida Rossiyadagi issiq harorat ham ushbu ro`yxatda ettinchi pog`onani zabt etdi, ushbu jazirama 55 736 kishining hayotiga nuqta qo`ygan.

Ma`ruza muallifining so`zlariga ko`ra, ko`rsatilgan davrda 7056 tabiiy ofat ro`yxatga olingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!