Maradona: Messi Ronaldudan, Ronaldu esa Messidan kuchli emas

17:34, 13 oktabr

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi va ustozi Diego Armando Maradona “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Real” etakchisi Krishtianu Ronalduni o`zaro tassoqladi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

“Messi Ronaldudan, Ronaldu esa Messidan kuchli emas”, – dedi Maradona.

Bundan tashqari, Maradona “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida iliq so`zlar bildirdi: “Zidan g`alaba qozonayotgani menga yoqyapti. Zidan o`z g`oyasi bilan boshqa murabbiylarning nazariyasini yo`qqa chiqarmoqda”.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!