Fransuz xonimlaridan go`zallik sirlari

09:35, 14 oktabr
  • Fransuz ayollari hech qachon quyosh nurlarida toblanib yotishmaydi, bronzator ham ishlatishmaydi. Parij go`zallik salonlarida eng mashhur proseduralar yuzni tozalash, piling va namlantirishdir. Ikkinchi uchlikka esa yuz uqalashi, qarishga qarshi va tiklantiruvchi niqoblar kiradi.
  • Tush, yog`upa va neytral rangdagi lab bo`yog`i — fransuz xonimi kundalik ishlatadigan pardoz vositalar bor-yo`g`i shulardir. Tonal kremi, upa, ten, qalamlar, ko`zga suyuq qalamda chiziladigan chiziqchalar, yorqin lab bo`yog`laridan faqatgina to`y, bayramlarda foydalanishadi.
  • Sog`lom yuz ozgina yaltiraydi, bu tabiiy va chiroyli. Yuzga tez-tez upa surtish, birinchidan, yuz terisiga zarar, ikkinchidan, xuddi un sepilgan qo`g`irchoqdek ko`rsatib qo`yadi. Bu esa fransuz xonimiga xos emas, ular juda ham tabiiy go`zallikni qadrlashadi.
  • Haqiqiy fransuz ayoli unga nazar solishganida «Go`zal ko`rinish obdon harakat qilibdi», degan ta`rifni eshitishni istashmaydi. Shu sabab yog`upa rangini tirnoq bo`yog`igi yoki sumka, oyoq kiyim rangiga moslashmaydi. Soch turmagi ham qusursiz bo`lmaydi, ko`ylaklar esa xuddi u uchun tikilgandek turishi ham shart emas. Bo`yinga shunchaki tashlab qo`yilgan sharf, yig`ilgan sochlardan ozroq sochlarning chiqib qolgani, ofis shimlari ustidan kiyilgan keng kardigan — mana, fransuzcha asl go`zallik.
  • Istalgan obrazga qizil lab bo`yog`i bayramona tus beradi. Xoh jinsi shimda bo`ling, xoh past poshnadi. Qizil lab bo`yog`i surtsangiz, qirolichaga aylanasiz, deb hisoblashadi.
  • Bu go`zal hilqatning yana bir qoidasi bor: arzongina oddiygina kiyim xarid qilish mumkin, ammo libosni kiyganingda, senga yarashsa, narxi hech kimga qiziq bo`lmaydi. Lekin arzon soch turmagi va suvtekinga bo`yalgan soch o`zini sotib qo`yadi. To`g`ri va sifatli qirqilgan sochni shundoq tarab ketaverasiz. Har kuni fen yordamida soch tolalarini zararlab, ishlov bermaysiz ham.
  • Sochlar uchun aksesuarlardan foydalanishni yaxshi ko`rishmaydi. Zakolkalar, tasmalar, bezakli rezinkalar, obodoklar va hokazolar ko`rinishni oddiy va bog`cha qizlarinikidagidek ko`rsatib qo`yadi. Barcha soch uchun aksesuarlarining o`z vazifasi bor, ana shu vazifani bajarsagina kifoya, qolgani ortiqcha, deb o`ylashadi fransuzlar.
  • Fransuz ayoli uchun uydan atir sepmasdan chiqish kiyinmasdan ko`chaga chiqish bilan barobar. Har bir xonim bisotida kamida 10 xil atir bo`lishi kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!