Ronaldu EChLning 2015/16 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo`ldi

10:00, 14 oktabr

“Real Madrid” jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasining 2015/16 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So`rovnoma Marca va La gazzetta dello Sport nashrlari o`quvchilari orasida o`tkazildi. Qayd etish kerakki, 31 yoshli futbolchi “Real” bilan EChL g`olibi bo`lgandi.

Ronaldu mukofotni qo`lga kiritar ekan, “Real”ga Luka Modrich, Serxio Ramos va Karlos Kazemiro etishmayotganini aytdi. Ayni damda ularning barchasi jarohat tufayli safdan chiqqan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!