Ulug`bek Rahmatullaev maktabga bormay qo`ygan muxlisini to`g`ri yo`lga solgani haqida so`zlab berdi

10:06, 14 oktabr

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev maktabga bormay qo`ygan kichik muxlislaridan biri bilan suhbatlashib, uning fikrlarini o`zgartirgani haqida so`zlab berdi. 

“Yaqinda bir Onaxon yonimga kelib, o`z farzandidan nolib qoldilar. Onaxonning farzandi juda sho`x, maktabda yaxshi o`qimas, hattoki maktabga ham bormayotgan ekan! Ammo, meni qo`shiqlarimni juda yaxshi ko`rar, muxlisim ekan! Shunga Onaxon mendan, ‘o`g`limga bir narsa deng’ dedilar. Men ham, o`sha bola bilan atay suhbatlashdim va unga hayotda maktab, o`qish kerakligini, ota-onasi rozi bo`lsa, albatta ishlari ‘besh’ bo`lishini, har qanday ishda astoydil mehnat qilib, intilsa, muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tushuntirib, unga ta`sir qildim! Bola bundan keyin, onasini ranjitmaslikka, maktabda dars qoldirmaslikka, hamda yaxshi o`qishga menga va`da berdi! Qarang, bitta bo`lsa ham bolani to`g`ri yo`lga yo`naltira oldim. Buni his qilib, qanchalik quvonganimni bilsangiz edi... Bu men uchun katta baxt!”,—deb yozdi xonanda Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!