9 oyda “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida 6,8 trln so`m va 150 mln dollar yo`naltirildi

10:12, 14 oktabr

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, sog`liqni saqlash tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda. 

Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 6,8 trillion so`mdan ortiq va 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`lar yo`naltirildi. 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bag`ishlangan majlisida ma`lumot berildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!