Manzura va Umidaxonni Rayhonning imidjini o`g`irlaganlikda ayblashdi(Foto)

10:44, 14 oktabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning muxlislari xonandalar Manzura va Umidaxonni Rayhonning imidjini o`g`irlaganlikda ayblashdi.  

Instagram`ga joylangan suratlardan birida Rayhonning “Ko`nikmadim” klipidagi, Manzuraning esa “Romeo” klipidagi obrazi solishtirilgan. 

Ikkinchi suratda Rayhon va Umidaxonning sochlari rangi va turmagi taqqoslangan. 

Mazkur holatga Manzuraning munosabatini bilish maqsadida “Shok.uz”  xonanda  bilan bog`landi

“Fan klublarga maslaxatim tunu kun internetda o`tirib, san`atkorlarni bir biridan ayb qidirishmasin. Undan ko`ra maktab va oliygoxlarda ta`lim olib, ko`proq kitob o`qishsin. O`xshamagan bir xilliklar topmasdan, agarda ozgina tushunchasi bo`lganida obraz va stil haqida mening ko`rinishim o`xshamasligini tushinishgan bo`lar edi. Shaxsan man o`zimni fan klubimni biron san`atkorga yomon gap yozishmasligi uchun doim urushaman. Agar boshqa san`atkorlarni erga urib yozishadigan bo`lsa, menga unday fanklub kerak emas. Nazarni Alloh beradi, fanklub emas”.

Nashrning ma`lum qilishicha, Rayhon va Umidaxonlar mazkur suratlarga izoh berishni istamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!