Tvorogli issiq kulchalar - nonushta uchun ajoyib egulik!

10:55, 14 oktabr

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig`i, 100 gr. smetana, un, iste`mol sodasi; nachinka uchun: 3 dona tuxum, 100 gr. smetana, 200 gr. tvorog, 50 gr. pishloq, 1-2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` ko`k piyoz.

Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, un va iste`mol sodasi qo`shilgan smetana bilan aralashtiring. Aralashmaga tuxum sarig`ini qo`shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni selofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatgichga qo`ying.

2. Tuxumni atalalab, smetana bilan aralashtiring. Tuz, murch va maydalangan sarimsoq piyozni qo`shing. Tvorog, mayda to`g`ralgan ko`k piyozni solib, quyuq arashlashma hosil qiling.

3. Xamirni bo`laklarga ajratib, yog`langan kichik qoliplarga yoyib taqsimlang. Har bir xamirning ichiga aralashmadan 3-4 osh qoshiq solib, to`ldiring. Kulchalar ustini qirg`ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, qizdirilgan gaz pechining o`rta olovida 25-30 daqiqa davomida pishiring.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!