“Chelsi” himoyachisi Jon Terri jarohatidan forig` bo`ldi

11:38, 14 oktabr

Angliyaning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Jon Terri jarohatidan forig` bo`ldi va safga qaytishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 35 yoshli futbolchi mashg`ulotlarga kirishdi va “Lester”ga qarshi Angliya chempionati 8-turida maydonga tusha oladi.

Jarohati tufayli Terri “nafaqaxo`rlar”ning APL doirasida “Liverpul“, “Arsenal“ hamda “Xall Siti“ga qarshi kechgan o`yinlarni o`tkazib yuborgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!