Bashar Asad Turkiyani “DAISh asoschisi” deb atadi

11:50, 14 oktabr

Suriya prezidenti Bashar Asad Turkiyani DAISh (“Islom davlati”) terrorchilik guruhiga asos solganlikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

“Ular (turklar) DAIShga asos soldi. Ular terrorchilarni qo`llab-quvvatladi va Erdo`g`onning o`g`li va uning atrofidagilar terrorchilarga bizning neftimizni hududi orqali sotishga sharoit yaratib berdi.  Ularning hammasi DAIShga aloqador. Butun dunyo buni biladi”, —ma`lum  Asad.

Bundan tashqari, Suriya prezidenti terrorchilar nima sababdan Isroilga hujum qilmayotganini ham ma`lum qildi.  

Uning so`zlariga ko`ra, Isroil har bir qurolli terrorchini qo`llab-quvvatlaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!