Messi Argentina termasidan jamoaga xoin futbolchi chaqirilmasligini iltimos qildi

12:44, 14 oktabr

Argentina terma jamaosi etakchisi Lionel Messi assosiasyai rahbariyatidan milliy terma jamoaga “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini chaqirmaslikni so`radi. Bu haqda 101 Great Goals portali xabar qilmoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, Mauro Ikardi “Torino” a`zoasi Maksi Lopesning turmush o`rtog`i – Vanda Narani o`z tomoniga og`dirib olgani uchun Messi shunday iltimos bilan murojaat qilgan. 29 yoshli futbolchining fikricha, bu o`z hamyurti, do`sti va inson nisbatan bo`lgan xoinlik hisoblanadi.

Ma`lumot uchun, ayni damda Messi jarohatidan forig` bo`lish jarayonini boshdan o`tkazmoqda. Katta ehtimol bilan “Barselona” hujumchisi “Manchester Siti”ga qarshi EChL guruh bosqichi 3-turida safga qaytadi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!