«Antiqa fantaziya» taomi - ichida qiymasi ham bor!

14:24, 14 oktabr

Zarur masalliqlar (6 kishilik): yarim kilo o`rtacha kattalikdagi kartoshka, 300 gr. qo`ziqorin, 150 gr. tovuq go`shti, 100 gr. qattiq pishloq, 2 osh qoshiq eritilgan sariyog`, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarning po`stini archib, pichoq bilan chuqur bo`lmagan kesmalar hosil qiling. Har bir kesmaning orasi bir xil masofada bo`lishi kerak.

2. Qo`ziqorinni suvda biroz qaynatib, chala pishiring va mayda to`g`rang. Tovuq go`shtini ham mayda to`rtburchak shaklda to`g`rab, qo`ziqorin bilan sariyog`da qovuring. Tuz va murch bilan ta`mini sozlang.

3. Gaz pechi listiga zarqog`oz solib, kartoshkalarni tering. Har bir kartoshkaning kesmasiga tayyorlangan qiymadan 1 osh qoshiqdan soling. Ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloq sepib, eritilgan sariyog`ni quying.

4. Kartoshkalarni qizdirilgan gaz pechining 200 daraja haroratida 30 daqiqa pishiring. Pishgach, atrofini salat bargi bilan bezab, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!