Milliy teatrda “Mirzo Ulug`bek” dramasi qayta sahnalashtirildi

16:50, 14 oktabr

Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug`bek” dramasi O`zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Sentyabr oyida ilk bor namoyish etilgan mazkur sahna asari san`atshunoslar, ijodkorlar, san`at muxlislari tomonidan samimiy kutib olindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur tarixiy spektaklda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug`bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti,   jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashgani aks ettirilgan.

Spektakl rejissyori – O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Baxtiyor To`raev. 

Spektaklda bosh rollarni O`zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullaeva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Fatxulla Ma`sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoevalar mahorat bilan ijro etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!