APL. Yurgen Klopp – eng yaxshi murabbiy, Son Xin Min eng yaxshi futbolchi bo`ldi

09:19, 15 oktabr

Angliyaning “Liverpul” jamoasi ustozi Yurgen Klopp Anliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Premer-liganing "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida e`lon qilindi

Mersisaydliklar o`tgan oyda Angliya chempionati doirasida uchta o`yin o`tkazib, barchasida zafar quchdi. Raqiblar darvozasi esa 11 marta ishg`ol etildi. 

Angliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga ham aniqlik kiritildi. Unga ko`ra, “Tottenxem” klubining koreyalik o`yinchisi Son Xin Min eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Janubiy Koreya terma jamoasi a`zosi o`tgan oyda o`tkazilgan 3 uchrashuvda 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!