Suv haqida 4ta fakt

10:02, 15 oktabr

Sovuq suv ochlik hissini orttiradi.

Ilmiy tadqiqotlar xulosasiga ko`ra, muz bo`laklari qo`shilgan yaxdek suv ochlik hissini qo`zg`atishi mumkin. Shu bois ozishni istaganlar uchun muzdek suv ichish tavsiya etilmaydi.

 

Emizikli ayollarga ko`proq suyuqlik kerak!

Ona suti 87 foiz suvdan iborat. Shunga ham emizikli ayollarga ko`proq suyuqlik ichish ta`kidlanadi.

 

Buyrakda tosh yig`ilishidan himoyalaydi

Ushbu a`zoda tosh yig`ilishiga ko`plab omillar sabab bo`lishi mumkin. Ammo kun davomida kerakli miqdorda suv ichilsa, tosh, tuz va qum to`planishi yuzaga kelmaydi.

 

Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi

Nonushtadan avval yarim stakan qaynatib ilitilgan suv ichishga odatlansangiz ichaklar faoliyati normallashib, tiqinlar hosil bo`lmaydi. Shuningdek qabziyatdan ham xoli bo`lasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!