O`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollarning 6 odati

10:29, 15 oktabr

Hech ahamiyat berganmisiz, shunday ayollar borki, kattayu kichikni o`ziga birdek rom etadi, doimo diqqat markazida bo`ladi, hamma ular bilan suhbatga oshiqadi. Xo`sh, buning siri nimada?

1.     Hamma narsaga ijobiy qaraydilar

Ha, ularda ham asabiylik, tushkun kayfiyat bo`ladi. Ammo faqat yaxshilikka ishonib yashaydilar. Yomonlikdan ham yaxshilik qidiradilar, yuzlarida doimo nim tabassumni ko`rasiz. Tabiiyki, qovog`i solingan, doim nimadandir norozi, o`ychan ayollardan ko`ra tabassum qiluvchi xonimlar bilan suhbatlashgingiz keladi. Undagi xush kayfiyat sizga ham “yuqadi”.

2.     Mas`uliyatni o`z bo`ynilariga oladilar

Baxtli va xush kayfiyatda bo`lishning sirlaridan biri hamma narsa o`z izmingizdaligiga va o`z hayotingizga faqat o`zingiz javob bera olishingizdadir. Agar omadsizliklaringizga kimnidir aybdor qilsangiz, o`zingizdan hammani uzoqlashtirasiz, chunki boshqalarga salbiy hislaringizni boshqalarga “yuqtirasiz”da.

3.     O`zlarini aldashmaydi

Bunday xonimlar o`zlarini aldamaydilar. Hayotga teran  qaraydilar va hammasi yaxshi bo`lishiga o`zlarini ishontiradilar. Aslida ham, shunday bo`lishi uchun qo`llaridan kelgan barcha narsani qiladilar.

4.     Yaxshilikni ravo ko`rishadi

Yaqin insonidan ayb axtaraverish munosabatlarni burchakka taqab qo`yishini bilishadi. Hammani boricha qabul qilib, ortig`ini kutmaydilar, atrofdagilarni o`zgartirishga harakat qilmaydilar ham. Hatto hayotlardagi eng yomon hodisa yuz berganda ham, darrov aybdorlarni qidirishga kirishmaydilar. Aksincha, vaziyatga ob`ektiv yondashadilar.

5.     Yaqinlarining o`sishiga xalaqit bermaydilar

Aksincha yordam beradilar. Oilaning tinchligi uchun orzularidan voz kechishga to`g`ri kelganidan hech qachon nolimaydilar. Turmush o`rtog`ingizning qiziqishlari va orzulariga qarshilik ko`rsatmaydilar. Ularning amalga oshishiga ko`maklashadilar.

6.     Ular avvalo o`zlari uchun pardoz qilishadi

Hamisha o`zlariga oro berib yuradilar. Ularni barcha kamchiliklari bilan, borlaricha qabul qiladilar.  Har qanday sharoitda ham go`zal bo`lish uchun harakat qiladilar.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!