Aleks Fergyuson Ronalduni “Barselona”ga sotmoqchi bo`lgan

10:50, 15 oktabr

“Manchester Yunayted” jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson “Real” klubida faoliyat olib borayotgan Krishtianu Ronalduni “Barselona”ga sotmoqchi bo`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Bleacher Report nashri xabar bermoqda.

Fergyuson Ronalduning “Real”ga sotilishi oldidan  “Barselona” vakillari bilan uchrashib, o`z portugaliyalikni sotishga harakat qilgan. Ammo muzokaralar omadli chiqmadi va transfer amalga oshmay qoldi.

Fergyuson Krishtianu Ronalduning “Real” o`tish istagini 2007 yilda bilgan va uning shartnomasini 2012 yilgacha cho`zdirgan.

“Real” esa futbolchining tovon  pulini to`lashga tayyor bo`lgan va shu tariqa Ronaldu 2009 yili “Real”ga o`tib ketdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!