“Barselona” himoyachisi Pike xonanda Shakira bilan qanday tanishganini ma`lum qildi

11:47, 15 oktabr

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike qo`shiqchi Shakira bilan qanday tanishgani haqida hikoya qildi.

«JCh—2010 uchun Madridda suratga olinayotgan Waka Waka klipi jarayonida Shakirani ilk bor uchratdim. Keyinroq undan telefon raqamini so`radim, — deb gap boshladi Pike. — U JARga Ispaniya terma jamoasidan oldinroq jo`nab ketdi. Chunki uning ochilish marosimida ishlashi kerak edi».

«Bir necha kundan keyin JARga biz ham etib kelishimizni hisobga olib, undan mahalliy ob-havo haqida so`rab, sms yozdim. Oddiy savol bu. Odatda unga qisqa javob beriladi. Lekin Shakira menga uzundan-uzoq javob yozdi. Temperatura kun davomida qanday o`zgarishi ham e`tibordan chetda qolib ketmadi. Bu esa menga shunchaki emasdek tuyuldi».

«Biz mundial davomida gaplashib turdik. Biroq turnir davomida u bilan ko`risha olmadim. Musobaqa yakunida ko`rishish yana nasib qildi. Avvalroq unga ko`rishish uchun finalga qadar etib borish lozim bo`lsa, men bu ishni qilishim haqida aytgandim», — deb so`zladi Pike TV3 kanali uchun.

Ispaniya terma jamoasi Jahon Chempionati finalida Gollandiyani mag`lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Pikega esa Shakira nasib qildi. Ayni vaqtda bu juftlikning ikki qiz farzandi bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!