“Navoiy” EIIZ Markaziy Osiyoda eng yaxshisi deb topildi

12:08, 15 oktabr

fDi Magazine jurnali “Navoiy” erkin-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshisi deb e`lon qildi. Bu haqda Uzdaily nashri xabar berdi.

fDi Magazine nashri dunyoning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonalari renkingini tuzdi.

Ushbu renkingda, “Navoiy” EIIZ “Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin-iqtisodiy zona” nominasiyasida ikkinchi “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin-iqtisodiy zona” nominasiyasida esa birinchi o`rinni egalladi.

Shuningdek “Navoiy” “Kichik va o`rta tadbirkorlikni jalb etish bo`yicha Osiyodagi eng yaxshi EIIZ” nominasiyasida ham ikkinchi o`rinni egalladi.

fDi Magazine jurnali Financial Times nashriyot guruhiga kiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!