O`zbekistonda birinchi qor qachon yog`ishi ma`lum bo`ldi

17:19, 15 oktabr

"O`zgidromet”ning xabar berishicha, 17—18 oktyabr kunlari O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`ishi, 18 oktyabr kuni ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchayishi kutilmoqda. 

17 oktyabr kechasi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 18 oktyabr kechasi esa O`zbekistonning boshqa alohida joylarida yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Bundan tashqari, 17—18 oktyabr kunlari O`zbekiston bo`ylab shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.

13 oktyabr kuni kunduzi va 14 oktyabrga o`tar kechasi O`zbekistonning alohida tog`li hududlarida birinchi qor yoqqani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!