APL. "Chelsi" yirik hisobda Angliya chempionidan ustun keldi

19:52, 15 oktabr

Angliya Premer-ligasi 8-tur ilk o`yinida "Chelsi" jamoasi o`z maydonida Angliya chempioni — "Lester" futbolchilarini qabul qildi. 

Qiziqarli kechgan bahsda londonliklar 3:0 hisobida zafar quchib, ishonchli g`alabani o`z hisobiga yozib qo`ydi. Gollarda Diego Kosta, Eden Azar va Viktor Mozes mualliflik qilishdi. 

“Chelsi” –  “Lester”  3:0

Gollar: 1:0 – 7 Diego Kosta, 2:0 – 33 Azar, 3:0 – 80 Mozes.

“Chelsi” – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Ayna, 82), Pedro (Chaloba, 68), Kante, Azar (Loftus-Chik, 82), Diego Kosta.

“Lester” –Shmeyxel, Morgan, Fuks, Ernandes, Xut, Olbrayton (King, 74), Drinkuoter, Amarti, Shlupp (Marez, 67), Musa (Slimani, 67), Vardi.

Ogohlantirishlar: Xut (27), Aspilikueta (51).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!