U-19 Osiyo chempionati: O`zbekiston yoshlari Tojikiston ustidan irodali g`alabaga etishdi

22:40, 15 oktabr

Bahrayn poytaxti Manama shahrida 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. “D” guruhi ilk turida Jasur Abduraimov murabbiyligi ostidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikiston yoshlari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Murosasiz bahsda O`zbekiston U-19 termasi tojikistonlik tenglashlari ustidan 2:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi va 3 ochkoga ega bo`ldi.

O`zbekiston U-19 – Tojikiston U-19 — 2:1

Gollar: Saidjamov Davlatjonov (67), Jasurbek Yaxshiboev (73) – Saidov (20).

O`zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobulov, Xushnudbek Avilov, Sandar Qodirqulov, Jasurbek Yaxshiboev, Umidjon Ergashev, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Bekzod G`anijonov, Nurulla To`xtasinov.

Tojikiston U-19: Hayriev, Tabrezi, Ergashev, Saidov, Muhammadjoni, Parpiev, Hamroqulov, Xanonov, Jo`raboev, Ehsoni, Rahmonov, Xayriev. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!