La Liga. “Barselona” Messining safga qaytishini yirik g`alaba bilan nishonladi

23:20, 15 oktabr

Ispaniya chempionati 8-turida "Barselona" jamoasi o`z maydonida "Deportivo" klubi a`zolarini qabul qildi. Mazkur o`yinda 4:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g`alabasi bilan yakun topdi.

O`yinning 21-daqiqasida Rafinya hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada uning o`zi dubl qayd etdi. Bundan tashqari Luis Suares va jarohatidan forig` bo`lib safga qaytgan Lionel Messi bittadan gol urdi.  

“Barselona” ochkolar sonini 16 taga etkazib, ikkinchi o`ringa chiqib oldi.

“Barselona” – “Deportivo” 4:0

Gollar: 1:0 – 21 Rafinya, 2:0 – 36 Rafinya, 3:0 – 43 Suares, 4:0 – 58 Messi.

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Mate, Din, Rakitich, Maskerano, Rafinya (Suares, 68), Buskets (Messi, 55), Turan, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 46).

“Deportivo” – Lyuks, Albentosa, Navarro, Laure, Sidney (Arribas, 29), Moskera, Borxes, Gama (Luizinyu, 63), Gilerme, Cholak (Babel, 56), Andone.

Ogohlantirishlar: Moskera (52), Andone (59), Messi (90).

Chetlatish: Laure (65).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!