La Liga. “Barselona” ortidan “Real” ham yirik g`alabaga erishdi (Video)

07:41, 16 oktabr

Ispaniya chempionati 8-turida Madridning “Real” jamoasi safarda “Betis” klubi mehmoni bo`ldi. Gollarga boy o`tgan o`yinda 6:1 hisobida “Qirollik klubi” g`alaba qozondi.

Madridliklardan Rafael Varan, Karim Benzema, Marselo, Krishtianu Ronaldu bittadan gol kiritgan bo`lsa, Isko dubl muallifi bo`ldi. Raqib jamoa tarkibida Sexudo bitta gol kiritish uddasidan chiqdi.

Eslatib o`tamiz, ushbu turda “Deportivo”ni o`z maydonida qabul qilgan “Barselona” 4:0 hisobida zafar quchgandi.

“Betis” – “Real” 1:6

Gollar: Sexudo, 55 – Varan, 4, Benzema, 32, Marselo, 40, Isko, 45, 62, Ronaldu, 79.

“Betis”: Adan – Pichchini, Mandi, Pesselya, Durmizi – Brashanas (Zozulya, 46), Petros, Martin (Sebalos, 68) – Xoakin, Aleks Alegriya (Sexudo, 46), Ruben Kastro.

“Real”: Keylor Navas – Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo – Kovachich (Vaskes, 65), Kroos, Isko – Beyl, Benzema (Morata, 75), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Pesselya, Zozulya – Isko.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!