Jasur Abduraimov: Futbolchilarim Tojikistonga qarshi o`yinda iroda ko`rsatishdi

09:20, 16 oktabr

O`zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozi Jasur Abduraimov Tojikston yoshlariga qarshi (2:1) o`yindan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida uning shogirdlari o`yinda iroda ko`rsatganini alohida ta`kidlab o`tdi. Uning so`zlarini O`FF matbuot xizmati keltirdi. 

“Birinchi bo`limda o`yinimiz qovushmadi. Ammo, ikkinchi bo`limda futbolchilar qanday harkat qilish kerakligini his qilishdi va yakunda biz g`alaba qozondik. Bugun Tojikiston himoyaviy, pozision hujumlarga e`tibor bergan holda, yaxshi taktika namoyish etishdi. Biz esa, asosan hujumda o`ynadik. O`yinda hisobda ortda qolayotganiga qaramay, iroda ko`rsatganlari uchun futbolchilarga rahmat aytishim lozim. Bugungi o`yinda, o`yin davomida yaxshiroq va kuchliroq bo`lgan jamoa g`alaba qozondi”.

“Bu guruh turnirdagi eng kuchli guruhlardan biri. Avval ham shu haqda aytgan edim, hozir ham aytishim mumkinki, bu guruhdagi barcha o`yinlar juda qiziqarli o`tadi.  Keyingi o`yin Avstraliyaga qarshi va bu o`yinga ham bugungidek yaxshi tayyorgarlik ko`ramiz. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz va raqib uslubidan kelib chiqib o`ynashga harakat qilamiz. O`zini kuchli deb hisoblaydigan har qanday jamoa har qanday raqibga qarshi turli xil taktilarni sinashga tayyor turishi va ularga qarshi turli uslublarda o`ynay olishi kerak”, - dedi O`zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Vitaliy Levchenko (Tojikiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi):

“Biz uchun juda omadsiz o`yin. Biz uchun muhimi, bugungi o`yinni unutib, keyingi o`yinlarga bundan yaxshiroq tayyorgarlik ko`rishimiz kerak. O`yinning birinchi qismida yaxshi o`ynadik, ammo keyinroq, O`zbekiston ustunlikni o`z qo`liga oldi va o`yinda g`alabaga erishdi. Bugungi g`alaba bilan bizning raqibimizni tabriklayman”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!