Yulduzlardan chiroyli qomat sirlari

10:01, 17 oktabr

Yulduzlarning qomatni chiroyli saqlash borasida o`z reseptlari bor. Ko`raylik-chi, ularga amal qilsa arzirmikan?

Oliviya Uayld: — Vegetarianligim uchun qomatimdan tashvishlanmasam ham bo`ladi. Go`sht emaslik, albatta, ortiqcha bir necha kilogrammdan qutulishga yordam beradi. Asosiysi, parhezni to`g`ri me`yorlashtirish: ko`proq dukkakli va don mahsulotlarini iste`mol qilish, non va yog`li pishloqdan voz kechish kerak.

Salma Xayek: — Organizmimni tozalash — men yoqtiradigan tez ozish usuli. Suv bilan ozish singari parhez turlari kutilgan natijani bermaydi. Bir necha kun unga amal qilib, bir necha kilogrammni yo`qotsangiz-da, keyin yo`qotganlaringizni ortig`i bilan qaytarib olishingiz tayin. Yaxshisi, shirinliklardan voz keching.

Jennifer Eniston: — Haftada bir necha marta baliq eyman va Omega-3 kapsulalarini qabul qilaman. Yog`li Omega-3 kislotasi nomiga nomutanosib tarzda organizmdagi yog`larni «yondiradi». Demak, qomatni chiroyli qiladi. Omega-3 moddasiga boy mahsulotlar — baliq, yong`oq, zig`ir moyidan muntazam iste`mol qilib turing (ularni salatlarga qo`shish mumkin).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!