O`zbekiston rahbari BMTning yangi saylangan bosh kotibini tabrikladi

10:10, 17 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Antoniu Guterrishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Davlat rahbari o`z maktubida O`zbekiston BMTni butun jahon tinchligi va barqarorligini saqlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko`plab murakkab muammolarini hal etish, izchil rivojlanishni ta`minlash va ekologiyani himoya qilishdagi universal xalqaro tuzilma deb hisoblashini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev BMTga a`zo davlatlarda barqaror va keng ko`lamli rivojlanish bo`yicha tashkilotga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda Antoniu Guterrishni qat`iy qo`llab quvvatlashini bildirdi hamda o`ziga qulay vaqtda O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!