Bo`yalgan sochlarni parvarishlashning 5 yo`li

10:35, 17 oktabr
  1. Bo`yalgan sochlaringiz mustahkam bo`lishini istasangiz haftada bir marta ularni shampun bilan emas, tuxum bilan yuving. Buning uchun bir necha tuxumni iliq suv bilan aralashtirasiz. Sochingizni xo`llab ushbu aralashmani surting. So`ngra sochingizni yuving va tarang.
  2. Parvarishning yana bir yo`li bor, yuqoridagi muolajadan so`ng bosh teringizga xom tuxumning sarig`ini surting va boshingizni issiq sochiq bilan o`rab qo`ying, 10 daqiqadan keyin sochingizni yuvib tashlang.
  3. Sochga tuxum sarig`ini ko`pigi ham yaxshi ta`sir qiladi. Bunda ko`pirtirilgan tuxum sarig`i quruq sochga 5 daqiqa davomida uqalanadi. Sochni yuvayotganda suvni issiq bo`lmasligiga e`tibor bering, aks holda tuxum pishib ketishi mumkin. Agar sochingiz bo`yoqdan juda jonsiz holga kelgan bo`lsa, bir yuvish mobaynida ushbu muolajani bir necha marta qaytarsa bo`ladi. Buning yanada samarali bo`lishi uchun mazkur niqobga 1 choy qoshiq limon sharbati qo`shing.
  4. Bo`yalgan sochlarni quritishda fendan foydalanish ham sochlarni shikastlashi mumkin. Shuning uchun fenda quritayotganda iliq yoki sovuqroq havosini tanlang, eng yaxshisi, sochni tabiiy holda quritishdir.
  5. Sochingizni har uch oyda bo`yashga harakat qiling, aks holda sochingiz achinarli holga kelib qoladi va ularni uzoq vaqt davomida ham asl holatiga qaytarolmaysiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!