Sharbat tayyorlashning 6 qoidasi

10:40, 17 oktabr

Turli xil meva sharbatlarini bir-biri bilan aralashtirib ichuvchilar diqqatiga! Yangi ta`m hosil qilishga uringaningiz durust, ammo ba`zi qoidalarni yodda tutsangiz foydadan xoli bo`lmaydi:

  1. Oshqozon-ichak yo`llari bo`yicha dardmand kishilar meva va rezavor meva sharbatlarini sabzavot soki bilan aralashtirib ichishdan tiyilganlari ma`qul. Chunki bu ikki xil sharbatning hazm bo`lishi uchun alohida fermentlar kerak bo`ladi. Bundan oshqozon qiynalib qolishi mumkin.
  2. Selderey, ayniqsa petrushka suvi asab tizimining kuchli qo`zg`alishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uni 1:3 miqdorda pomidor yoki sabzi sharbati bilan aralashtirib ichish kerak. Agar tuz solmasangiz, bu yashil qo`shimcha o`zining shifobaxsh xususiyatini to`liq saqlaydi.
  3. Lavlagi sharbatining quruq o`zini ichilsa, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi va qorin dam bo`lishini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uni 1 soatga muzlatgichga qo`yib, keyin yangi sabzi, olma yoki qovoq suvi bilan 1:3 nisbatda aralashtirib  ichish tavsiya qilinadi.
  4. Anor va sabzi sharbatini aralashtirib ichgan yaxshi. Quruq o`zi esa oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta`sir etib, tish emalini ham emiradi.
  5. Sabzi sharbatini iloji bo`lsa oz miqdorda o`simlik yog`i yoki qaymoq bilan iste`mol qilgan ma`qul. Shunda uning foydali xususiyatlari organizmga ko`proq singadi.
  6. Mevadan siqib chiqarilgan har qanday 300ml sharbatga 30ml suv qo`shish lozim. Qo`rqmang, mazasi buzilmaydi, qaytaga oshqozon-ichak trakti me`yorlashgan moddalarni qabul qilib olishi osonlashadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!