“Golos”da o`zini Moskvadan deb tanishtirgan Sardor Milano so`zlariga izoh berdi(Video)

10:48, 17 oktabr

Sardor Milano “Golos” loyihasidagi ishtiroki va g`alabasi so`nggi kunlarda internet tarmog`idagi keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. U o`zining loyihadagi ishtiroki davomida “Men Sardor Milano. 24 yoshdaman. Moskva”, deya tanishtirdi. 

Ushbu so`zlar Sardorni o`zining Vatandoshi deb hisoblagan barcha O`zbekiston xalqini keskin tanqidlariga uchradi.

Sardor o`zini ayni damda Moskvada yashayotgani aslida O`zbekistondan ekanligini ta`kidlamagani barchaning g`azabini keltirdi.

 

Ushbu fikrlarga javoban Sardor quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi: 

“Men tinglovchilarim va Vatandoshlarimdan mening g`alabamni quvonch bilan kutib olganliklari uchun minatdorman!

Ming afsus, mening so`zlarimni noto`g`ri talqin qilib, turli gap so`zlarni chiqarganlar ham topildi...

Men sahnada gapirayotganimda yashayotgan joyimni ma`lum qilgandim. Men doim fikrlarimni aniq va qisqa ifoda etaman. Men Toshkentda tug`ilganman va buni barcha biladi! Men bu haqda boshqa erlarda juda ko`p gapirganman.

Ushbu mavzuga boshqa qaytmayman! So`zimning nihoyasida meni qo`llab-quvvatlagan barchaga minatdorchilik bildirmoqchiman. Sevgi va muhabbat meni kelajakka ishonch bilan haraktlanishimga kuch beradi! Toshkent doim meniki bo`lgan va bo`lib qoladi!”

25 yoshli Sardor Ishmuhammedov asli Toshkentdan bo`lib “Golos” loyihasida 5-urunishda g`oliblikni qo`lga kiritdi va hakamlarning uzoq tortishuvidan so`ng Dima Bilanning jamoasini tanlashga qaror qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!