AQShda taniqli engil atletikachining qizi otib o`ldirildi

10:49, 17 oktabr

AQShning Kentukki shtati, Leksington shahrida afsonaviy engil atletikachi Tayson Geyning qizi otib ketildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, bir necha qurollangan shaxslar Triniti Gey o`tayotgan kafe yonida otishma sodir etgan. Otishma oqibatida qizning bo`yniga o`q tekkan. Shifokorlar 15 yoshli qizning hayotini saqlab qolisholmadi. Jinoyatchilar hodisa sodir bo`lgan joydan qochib ketgan. Ayni paytda polisiya sodir bo`lgan hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Triniti Gey, otasiga o`xshab sportchi edi. U yugurish bilan shug`ullanar edi. 2015 yilda hatto shtatning eng yaxshi sportchisi deb topilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!